So’nggi yangiliklar

15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0

09 mar 07:22
Yangiliklar

Boshqalar

Koronavirus sabab yurtimizda xalqaro sport tadbirlari vaqtinchalik to'xtatildi

Ilk bor Xitoyda aniqlanib, so'ngra dunyoning ko'plab davlatlariga kirib borgan COVID-19 koronavirusi bugun butun dunyoni tahlikaga solib turibdi.

SHukrki yurtimizda bu yuqumli va o'ta xavfli epidemiya alomatlari aniqlanganicha yo'q. Biroq, xotirjam bo'lish aslo yaramaydi, chunki koronavirus ayni paytda sayyoramizning 70dan ortiq davlatiga kirib bordi.

Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, qolaversa hukumatimiz tomonidan berilgan ko'rsatma va tavsiyalar ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyrug'i qabul qilindi.

Unga ko'ra, Respublika hududida o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari vaqtincha to'xtatildi. Bundan ko'zlangan maqsad — koronavirus epidemiyasini yurtimiz hududiga kirib kelishining oldini olish bo'lib, buyruq bilan xalqaro musobaqalarda O'zbekiston milliy terma jamoa azolarining ishtiroki hamda tizim xodimlarining xorijiy xizmat safarlari vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilab qo'yildi.

SHuningdek, sport turlari bo'yicha respublika sport musobaqalari (chempionat va kuboklar) O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, hududiy sport musobaqalarini esa hududiy sog'liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishgan holda o'tkazish vazifasi yuklatildi.

Bundan tashqari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi respublika tashkilotlari va jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan targ'ibot materiallarini chop etish va ularni etibor qaratiladigan joylarga ilinishini taminlash orqali xalqimizning tibbiy madaniyatini yuksaltirish ham ko'zda tutilgan.

Xullas, barchamiz bir tan-u bir jon bo'lib harakat qilsak, COVID-19 koronavirusining yurtimizga kirib kelishining oldi olinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing