So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

23 sen 07:43
Yangiliklar

Tennis

Koronavirusga chalingan Denis Istomin: “Men soppa-sog'man!”

O'zbekiston tennis federaciyasining ofisida telefon qo'ng'iroqlari tinim bilgani yo'q.

O'zbekiston tennis federaciyasining ofisida telefon qo'ng'iroqlari tinim bilgani yo'q. Har qo'ng'iroqda bir xil savol yangraydi: Denisga nima bo'ldi? Unda koronavirus aniqlangan rostmi? O'zini qanday his qilmoqda?

Bu gaplar ispaniyaning “Marca” nashri Franciya ochiq chempionati oldidan bir nechta tennischilarda koronavirus infekciyasi aniqlangani va ularning nomlari orasida Denis Istominning ham borligi sabab o'zbek OAVlarida keng avj oldi. Xabarda takidlanishicha, mazkur tennischilar izolyaciyaga olingan. Biz voqealar rivojiga aniqlik kiritish va hamyurtimizning salomatligi bilan qiziqib, Denis bilan bog'landik.

– Salom, Denis, o'zingizni qanday his qilmoqdasiz?

– Rahmat, hammasi yaxshi.

– Siz haqingizdagi mish-mishlar rostmi?

– Yo'q, rost emas. Tushunib turibman, hamma shu haqida qiziqmoqda. SHu bois bir javob berishim mumkin: Men kasal emasman.

– Unda musbat natija haqidagi malumot qaerdan chiqdi?

– Hammasi shundan boshlanmoqda. Kecha shifokorlar kelib mendan takroriy tahlil olib ketishdi va tushuntirishdiki, kimdir COVID-19 bilan yaqin orada kasallangan bo'lsa, unda antitanachalar hosil bo'ladi. Biroq virus tanada bo'lishi mumkin. Tushunish mumkinki, menda shunday bo'lgan. SHifokorning gapini so'zma so'z aytaman: “Sizda juda kam miqdorda. Biroq u musbat natija olish uchun etarli. Bu virusning etiborli tomoni ham shunda. U gohida musbat, gohida manfiy natija berishi mumkin. Barchasi organizmning holatiga bog'liq”.

«To'g'risi, o'zim ham bu haqida to'liq tushunmadim. Ilm-fanda ham bunga to'liq javob yo'q. SHunday taxmin borki, qandaydir jarayonda virus faol bo'ladi va bu tahlillarda musbat natija beradi. 2 kundan keyin esa aksi bo'lishi mumkin. Bu holda vaziyatni oldindan aytib bo'lmaydi. Hozir takroriy tahlilning javobini kutmoqdamiz. Achinarlisi, “Roland Garros”ni o'tkazib yuboraman. Biroq bu men kasal ekanimni anglatmaydi. Men soppa-sog'man. SHunchaki, o'sha vaziyatda virus shunday ko'ringan. Kelasi hafta endi boshqa turnirda ishtirok etaman”, – deydi Denis Istomin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing