08 okt 12:35
Yangiliklar
Futbol
Kosta-Rika JCH-2018ga chiqdi
KONKAKAF mintaqasida JCH-2018ga chiqqan ikkinchi jamoa nomi malum bo'ldi.
Kosta-Rika terma jamoasi Gonduras bilan durang (1:1) o'ynab, saralash bahslari tugashiga bir tur qolganida mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bunga qadar Meksika terma jamoasi Rossiyadagi Jahon chempionatiga chiqqan edi.
Ushbu mintaqada uchinchi o'rinni olgan jamoa ham to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'ladi. To'rtinchi o'rin sohibi esa qitalararo pley-offda Osiyo vakili bilan o'ynaydi. Avstraliya - Suriya o'rtasidagi g'olib ushbu mintaqada to'rtinchi bo'lgan jamoa bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar