25 sen 16:36
Yangiliklar
Futbol

Koutino "Barselona"da o'ziga raqam tanladi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Kotino "Barselona"da 2020/21 yilgi mavsum 14-raqamda o'ynaydi.
Oldinroq Koutino o'ynagan 7-raqam hujumchi Antuan Grizmannda qoldi. Forvard libosidagi raqamni 2020/21 yilgi mavsum starti oldidan almashtirgan edi.
Braziliyalik yarim himoyachi "Barselona"ga 2018 yilda 145 million evro evaziga o'tgandi. 28 yoshli o'yinchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Koutino o'tgan mavsum "Bavariya" safida ijarada o'tkazdi. Futbolchi 38ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : twitter.com/FCBarcelona
Fikrlar