26 jan 07:35
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/27473_220.jpg)
Koutino debyut qilgan o'yinda “Barselona” “Espanol”ni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi
Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasidagi Kataloniya derbisida “Barselona”ning qo'li baland keldi.
Dastlabki uchrashuvda 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan Lionel Messi jamoadoshlari bu safar o'z maydonlarida 2:0 hisobida zafar quchishdi. Luis Suares va Messi kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi.
Bu uchrashuvda "Barselona"ning yangi azosi "Liverpul" klubining endilikda sobiq yarim himoyachisi Felipe Koutino o'zining yangi jamoasidagi debyut o'yinini o'tkazdi. U 68-daqiqada Inestaning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.
SHu tariqa, Ispaniya Kuboki bahslarining barcha yarim finalchilari nomi malum bo'ldi: “Sevilya”, “Leganes”, “Valensiya” va “Barselona”.
Havola :
Fikrlar