09 fev 07:36
Yangiliklar
Futbol

Koutino gol urgan oqshom “Barselona” “Valensiya”ni engib finalga chiqdi
Kecha oqshom Ispaniya Kubogining 1/2 final bosqichi doirasida javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda “Valensiya” va “Barselona” klublari final yo'llanmasi uchun maydonga tushishdi. Filippe Koutino “Barselona” safida ilk golini urgan kechada Kataloniya klubi Ispaniya kubogining finaliga yo'l oldi.
Uchrashuv 2:0 hisobida mehmonlarning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. Dastlabki o'yinda ham Messi jamoadoshlari 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Endi “Barselona” finalda bosh sovrin uchun “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar