11 iyu 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovington Porening Xabibga qarshi jang oldidan qilgan nomaqbul ishi haqida gapirdi
Amerikalik UFC jangchisi Kolbi Kovington Dastin Porening sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jangga tayyorgarlik paytida qilgan nomaqbul harakati haqida gapirib berdi.
"Dastin havaskorlar bilan mashq qilgandi. Raqibi o'shanda shlemsiz edi. Dastin yigitchani urib dumalatdi va ochiqchasiga "o'rningdan tur, yana bir marta" dedi. Bu sizningcha yaxshimi?
Sen hozirgina bir yigitni yuziga urib yiqitding va "yana bir marta" deb aytayapsan. U yosh yigit, Xabib emas. Yigitcha senga Xabib bilan jangga yordam bermoqda. Umuman olganda nega sen havaskorlar bilan sparring o'tkazyapsan? Axir seni Xabib kutib turibdiku? Mana Dastinning asl yuzi", -dedi Kolbi Kovington.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilda Dastin Pore Xabib Nurmagomedovga muddatidan avval mag'lubiyatga uchragandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar