18 iyu 08:05
Yangiliklar
Futbol

“Krasnodar” Mamaevning transferi bo'yicha “Zenit” bilan kelishib oldi
Rossiyaning “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Pavel Mamaev Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasiga o'tishga yaqin turibdi.
Bu borada terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov to'p tepayotgan “Krasnodar” klubi rahbariyati “Zenit”dagi hamkasblari bilan muzokara olib boryapti. Krasnodarliklar futbolchi uchun 5 mln. evro so'rashyapti.
Eslatib o'tamiz, Mamaev Evropa chempionati chog'ida “Zenit” hujumchisi Aleksandr Kokorin bilan birga Monte-Karlodagi tungi klublarning birida ko'ngilxushlik qilgan va o'sha tomosha aks etgan videoroliklar internetda mashhur bo'lib ketgandi. Buning natijasida, 5 iyul kuni “Krasnodar” klubi murabbiylar shtabi Mamaevni yoshlar jamoasiga o'tkazgan edi.
Havola :
Fikrlar