10 apr 14:32
Yangiliklar

Kravchenko, Dorofeev va boshqalar. "Humo"ning to'rt nafar rossiyalik xokkeychisi mahalliylashtirilib, JCHda ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasiga chaqirildi
"O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor IIHF boshchiligidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi. Terma jamoamiz IV divizionda o'ynaydi, turnir 13 apreldan 19 aprelgacha Armaniston poytaxti Erevanda bo'lib o'tadi. "Humo" jamoasining joriy tarkibidan milliy terma jamoaga 6 nafar xokkeychi chaqirildi: himoyachilar Daniel Kogan va Artyom Malcev, hujumchilar Javohir Rasulov, Egor Dorofeev, Vasiliy Jilov va Vadim Kravchenko. O'zbekiston terma jamoasining raqiblari Armaniston, Quvayt, Eron, Malayziya va Indoneziya terma jamoalari bo'ladi. Jamoamiz turnirga 11 aprel, juma kuni yo'l oladi. Yigitlarga O'zbekistonni jahon sahnasida munosib himoya qilishda omad tilaymiz!", deyiladi xabarda.
Malumot o'rnida, Artyom Malcev, Egor Dorofeev, Vasiliy Jilov hamda Vadim Kravchenkoning fuqaroligi Rossiyaga tegishli edi. Daniel Kogan esa ilgariroq mahalliylashtirilgandi.
Fikrlar