15 okt 14:42
Yangiliklar
Tennis

Kravchuk Toshkentdagi turnirdan qancha gonorar ishlab oldi, Istominchi?
Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Toshkent CHellenjer” turniri yakunlandi.
Yakkalik bahslarida g'oliblikni qo'lga kiritgan Konstantin Kravchuk turnirning 18 yillik tarixida bosh mukofotga ega chiqqan ilk rossiyalik tennischiga aylandi.
Kravchuk ushbu g'alabasi evaziga 18 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli hamda 125 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. Finalda 5:7, 4:6 hisobida yutqazgan hamyurtimiz Denis Istomin esa 9 000 dollar hamda 75 reyting ochkosiga ega bo'ldi.
SHuningek, rossiyalik Mixail Elgin bilan birga turnirning juftliklar musobaqasida g'olib chiqqan Istomin 7 750 dollar mukofot puli hamda 125 reyting ochkosini ham naqd qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar