20 okt 11:29
Yangiliklar
Tennis
"Kreml Kubogi". Belinda Benchich ikkinchi finalchi!
Moskvada yakuni sari yaqinlashayotgan tennis bo'yicha "Kreml Kubogi"ning ikkinchi finalchisi ham malum bo'ldi.
Dunyoning 10-raqamli tennis malikasi Belinda Benchich bugun bosh sovrin uchun kortga chiqadigan bo'ldi. SHveycariyalik tennischi 1 soatu 35 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida WTA reytingida 45-pog'onada borayotgan franciyalik Kristina Mladenovichni 6/3, 6/4 hisobida engdi.
Uchrashuv mobaynida 22 yoshli Benchich 3, 26 yoshli Mladenovich esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. O'zaro uchrashuvlarda franciyalik tennischi katta ustunlik (4:1) bilan oldinda bormoqda. Bugun Belinda bosh sovrin uchun kechadigan bahsda rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar