22 okt 12:22
Yangiliklar
Tennis

Kreml Kubogi. Gerges mezbon tennischini engib, chempion bo'ldi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha Kreml Kubogi o'z yakuniga etdi.
Sovrin jamg'armasi 855 308 dollardan iborat WTA Premier toifasiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslari final uchrashuvida turnirning ettinchi raketkasi germaniyalik Yuliya Gerges mezbon tennischi Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqdi.
Oltmish olti daqiqa davom etgan final bahsida dunyoning
27-raketkasi hisoblangan Gerges 6:1, 6:2 hisobida zafar quchib, bosh mukofot
sohibasiga aylandi. Kasatkina WTA reytingida 29-o'rinni egallab turibdi. Ushbu
g'alaba 28 yoshli Gergesga 147 500 dollar mukofot puli hamda 470 reyting ochkosini
taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar