So’nggi yangiliklar

17:10"У — монстр". Мераб Двалишвили Чимаев ҳақида фикр билдирди 0 16:49Алекс Перейра UFC оғир вазнида дебютга тайёргарлик кўрмоқда (ВИДЕО) 0 16:28"Очкўз бақалоқ, менга 1 миллиард бер". Усик — Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 16:07"Интер Майами" янги бош мураббий тайинлашга шошилмайди 0 15:46Райан Гарсиянинг навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 15:25Осиё чемпионатининг иккинчи куни иккита медаль қўлга киритилди 0 15:04UFC чемпиони Карлос Ульберг муваффақиятли операция қилинди + ФОТО 0 14:43Эквадорда ҳакам отиб ўлдирилди 0 14:22Шу ёзда ММАнинг иккита қоидаси ўзгариши мумкин 0 14:01Иржи Прохазка биринчи марта ота бўлди + ФОТО 0 13:40Биринчи ракеткамиз Хитой турнири 1/2 финалига чиқди 0 13:19“Металлург” клубини ёпиб юборган шахс Интерпол қидирувига берилди 0 12:58Дзюдочиларимизнинг бири финалда, яна иккиси бронза медали учун курашади 0 12:37Мэнни Пакьяо: "Иноуэ менга ўхшайди" 0 12:16Двалишвили Илия Топурия билан машғулот ўтказишдан бош тортди 0

28 okt 14:24
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket. Qibrayda O'zbekiston chempionati o'tkazildi + FOTO

20-27 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Markaziy Osiyoda yagona "ANFA" xalqaro kriket stadionida O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan T20 formatdagi O'zbekiston Ochiq chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston kriket federaciyasining yillik taqvim rejasidan o'rin olgan mazkur ochiq chempionatda Toshkentning "ANFA", "Toshkent Warriors", "Safron Tigres", "Tashkent Super Kings", "Salar Star Tashkent", Buxoro viloyatining "Bukhara Defenders" hamda Farg'onaning "Fergana Rangers" jamoalari bosh sovrin uchun o'zaro bahs olib borishdi. 

Bir hafta davom etgan chempionatda raqiblarini ortda qoldirgan Toshkentning "Salar Star Tashkent" hamda Farg'onaning "Fergana Rangers" jamoalari finalgacha etib keldi. Hal qiluvchi final uchrashuvda 147:95 hisobida g'alaba qozongan "Salar Star Tashkent " jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritib, chempionlikni tantana qildi. 

CHempionatining taqdirlash marosimida O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev ishtirok etib, birinchi o'rin uchun ajratilgan 20 000 000 so'm pul mukofoti hamda kubokni chempion jamoaga tantanali tarzda topshirdi. 

Takidlash joiz, ushbu ochiq chempionat milliy terma jamoaga saralash vazifasini ham o'tab berdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing