So’nggi yangiliklar

12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0 09:43Тарихий олтин медаль: Академик эшкак эшувчиларимиз Шаҳзод Нурматов ва Собир Сафаралиев жаҳон чемпиони! 0 08:26Энтони Жошуага 10 кун муҳлат берилди 0 07:54"Барселона" ўз уйида "Атлетик Бильбао"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди + ВИДЕО 0 07:31Нурмагомедов Сонг Ядонгдан енгилроқ тош босди 0 19:21Lausanne Grand Slam 2026 турнирига қуръа ташланди 0 18:42"Менимча, Ян яна Двалишвилини мағлуб этади" - Сонг Ядонг 0 18:19Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Испанияга йирик ҳисобда имкониятни бой берди 0 17:45Гандбол. Ёшларимиз Осиё чемпионатининг 1/4 финалида! Гуруҳнинг сўнгги ўйинида мезбонлар маҳв этилди 0 17:17"Кличкони мағлуб этганимдан кейин ўлишни хоҳладим" - Тайсон Фьюри 0 16:40"Нурмагомедовни мағлуб этсам, UFC менга чемпионлик жанги беради" - Сонг Ядонг 0 16:14Италия Инфантинони қўллаб-қувватлашни қайтариб олди 0

13 iyu 17:07
Yangiliklar

Boshqalar

Kriketchilarimiz Qobulda Afg'oniston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi

O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan kriket sport turini mamlakatimizda keng ommalashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

SHuningdek, kriket rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilib, ushbu hamkorlik natijasida kriket bo'yicha mamlakatimiz klublari hamda milliy terma jamoamiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni boshladi.

Xususan, Murtoza CHug'toy boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Afg'oniston poytaxti Qobul shahrida Afg'oniston milliy terma jamoasiga qarshi T20 formatidagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Mazkur bellashuvda mezbon jamoa g'alaba qozongan bo'lsa-da, ushbu uchrashuv terma jamoamiz uchun xalqaro maydon muhitiga moslashish, tajriba to'plash hamda kelgusi musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish yo'lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Ishonamizki, milliy terma jamoamiz kelgusida xalqaro arenalarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib, Vatanimiz bayrog'ini yanada baland hilpiratib, davlat madhiyamizni dunyo arenalarida baralla yangratishga munosib hissa qo'shadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing