23 iyu 19:20
Yangiliklar
Futbol

Krishtianu Ronaldu “Real”da 2020 yilgacha qoladi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Marca nashrining xabariga ko'ra portugaliyalik futbolchi 2020 yilga qadar Qirollik klubida faoliyatini davom ettirishga rozi bo'lgan.
Malumotlarga qaraganda, ikki tomonlama shartnoma rasman imzolangan bo'lib, bu haqida Evro-2016dan keyinoq elon qilinadi. Yangi bitimga ko'ra futbolchining maoshi o'zgarmagan. U avvalgidek yiliga 21 million evro maosh oladi.
31
yoshli Ronalduning 35 yoshida aynan “Real” jamoasi tarkibida faoliyatini yakunlashi kutilmoqda.
Havola :
Manba : marca
Fikrlar