So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

13 dek 07:15
Yangiliklar

Futbol

Krishtianu Ronaldu to'rtinchi “Oltin to'p”ini qo'lga kiritdi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu France Football jurnali tasis etgan “Oltin to'p” sovrini sohibiga aylandi.

Portugaliyalik futbolchi bu bilan o'zining to'rtinchi “Oltin to'p”ini qo'lga kiritdi. 2008, 2013 va 2014 yillarda ham futbolchi bu sovringa ega chiqqan edi.

2016 yilda Ronaldu “Real” safida CHempionlar ligasini, Portugaliya terma jamoasi tarkibida Evro-2016ni yutdi. Ronaodu joriy yilda 55ta o'yinda 51ta gol urdi va 17ta golli pas oshirdi.

Krishtianu Ronaldu uchun 745ta ovoz berildi. “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga 316ta.

Uchinchi o'rinni “Atletiko” klubi va Franciya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann egalladi - 198 ovoz.

2010-2015 yillarda “Oltin to'p” topshirish huquqi FIFAga tegishli edi. Bu yildan FIFA alohida “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini topshiradi. Bu marosim yanvar oyida bo'lib o'tadi.


“Oltin to'p” uchun berilgan ovozlarga ko'ra futbolchilar quyidagi tartibda joylashtirildi:

1. Krishtianu Ronaldu, Real

2. Lionel Messi, Barselona

3. Antuan Grizmann, Atletiko

4. Luis Suares, Barselona

5. Neymar, Barselona

6. Garet Beyl, Real

7. Riyad Marez, Lester

8. Jeymi Vardi, Lester

9-10. Janluiji Buffon, Yuventus

9-10. Pepe, Real

11. Per-Emerik Obameyang, Borussiya Dortmund

12. Ruy Patrisiu, Sporting

13. Zlatan Ibragimovich, Manchester Yunayted

14-15. Pol Pogba, Manchester Yunayted

14-15. Arturo Vidal, Bavariya

16. Robert Levandovski, Bavariya

17-19. Toni Kroos, Real

17-19. Luka Modrich, Real

17-19. Dimitri Payet, Vest Xem


Reyting: +1   

Fikrlar

   
13 dek 22:37:58
Shahzad fanat REAL-MAN YUND
Ha messi ham ronaldo bowqa davr futbol yulduzlari o'rnatgan rekordlani deyarli barchasini 2 kalasi yangiladi wuni o'zi aniq fakt zo'rligiga olg'a real olg'a ronaldo
   
13 dek 21:59:37
imran21
Biz baxtlimiz. Chunki bu ikki buyuk o'yinchini o'yinlarini jonli ko'rib boryapmiz. Bir biriga uxwamaydigan ikki dohiy o'yinchi. Vaqti kelib nevaralarimizga bu ikki afsona bir davrda to'p surganini va bunga guvoh buganimizni aytib bera olamiz. Muhlislar orzu qilardi Maradona va Pele bir davrda tug'ilganda qaniydi db. Lekin bulardan keyingi ikki afsonani aynan biz bir davrda va ko'z o'ngimizda ko'ryapmiz buning ustiga biri Barselonada biri esa Real Madridda. Agar bu ikki o'yinchi bulmaganda edi El Classiko darajasi hozirgidek bulmasdi. Futbolni eng jozibali tomonlarni ko'rsatgani uchun man bu Futbol afsungarlaridan bir umrga minnatdorman. Rahmat Messi, Rahmat Ronaldu
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing