27 dek 13:05
Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu Yilning eng yaxshi sportchisi bo'ldi
Oltin to'pdan so'ng Krishtianu Ronaldu Yilning eng yaxshi sportchisi sovriniga ham ega chiqdi.
Tarixda
hech bir futbolchi bu sovrinni qo'lga kiritmagan edi. Yilning eng yaxshi
sportchisi sovrini 1958 yildan buyon Evropaning 27ta axbort agentligi
asosida topshirib kelinmoqda.
2013 va 2014 yillarda Krishtianu
4-o'rinni o'tgan yil 5-o'rinni band etgandi. O'tgan yil tennischi Novak
Jokovich eng yaxshi sportchi bo'lgandi.
2016 yilgi eng yaxshi 20 nafar sportchi:
1. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 204 ochko;
2. Endi Marrey (tennis) – 180;
3. Katinka Xossu (suzish) – 136;
4. Niko Rosberg (formula-1) – 115;
5. Mo Farax (engil atletika) – 93;
6. Anjelika Kerber (tennis) – 77;
7. Marten Furkad (biatlon) – 74;
8. Marsel Xirsher (tog' chang'isi) – 54;
9. Anita Vlodarchik (engil atletika) – 42;
10. Kris Frum (velosport) – 38;
11. Peter Sagan (velosport) – 36;
12. Djeyson Kenni (velotrek) – 28;
13. Mark Markes (motosport) – 19;
14. Fabian Xambyuxen (gimnastika) – 18;
15. Sandra Perkovich (engil atletika) – 17;
16. Peter Prevc (tramplindan chang'ida sakrash) – 17;
17. Magnus Karlsen (shaxmatlar) – 16;
18. Danuta Kozak (kanoe) – 16;
19. Antuan Grizmann (futbol) – 16;
20. Teddi Riner (dzyudo) – 16.
Fikrlar