25 may 15:57
Yangiliklar
Futbol

Kroos "Real"dan yaqin orada ketmoqchi emas
U faoliyatini shu klubda yakunlashi ham mumkin.
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Madrid klubida qoladi. Bu haqda uning akasi Feliks Kroos gapirdi. Germaniyalik xavbek o'zga chempionatlardan bo'layotgan variantlarni ko'rib chiqmaydi.
"Toni Madridda o'zini qulay his qilmoqda. U "Real"da qoladi. Unga Xitoy va AQSHdan bo'layotgan takliflar qiziq emas", - deydi Feliks.
Eslatib o'tamiz, Toni Kroosning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Movistar+
Fikrlar