15 iyu 19:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Krouford Meyvezer haqida: "Unga tan beraman, rekordidan o'zishga esa harakat qilmayman"
Uch vazn toifasida jahon chempioni, P4P reytingi peshqadami Terens Krouford 50 g'alabali seriyani qayd etishga harakat qilmaydi. 
			Bu rekord uning vatandoshi, faoliyatini 2017 yilda yakunlagan Floyd Meyvezerga tegishli.
"Yo'q, 50 g'alabali seriyani qayd etishni o'ylaganim ham yo'q. Meyvezerga tan beraman, rekord uniki. Yana 11 ta jang o'tkazamanmi? Menimcha yo'q!", - dedi Krouford.
Krouford 35 yoshda. U engil vazn (61,2 kg) toifasidagi jahon chempioni, birinchi yarimo'rta vaznda (63,5 kg) mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. U o'zining so'nggi jangida rossiyalik David Avanesyanni 6-raundda nokautga uchratib, g'alabaga erishgandi. Uning g'alabali seriyasi 39 jangni tashkil qiladi.
            Havola            :         
                    Manba                : CBS Sports Radio
            
			
Fikrlar