So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

19 fev 10:37
Yangiliklar

Tennis, Boshqalar, Bolalar sporti

Kuchlilar aniqlandi, navbat basketbolga+FOTO

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “So'g'diyona” sport majmuasi hamda Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi ikkinchi Navoiy akademik liceyi sport zalida “Barkamol avlod sport jamoalari” dasturidan o'rin olgan sportning badminton va stol tennisi turlari bo'yicha Respublika final bosqichi bo'lib o'tdi.

“Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan va qator mutassadi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan o'rta maxsus, kasb-hunar talim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchilar o'rtasidagi mazkur badminton va stol tennisi sport turlari bo'yicha IV bosqichli “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarining Respublika final bellashuvlarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. 

“So'g'diyona” sport majmuasida bo'lib o'tgan stol tennisi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 28 nafar sportchi-o'quvchi ikki kun davomida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. 

Musobaqa davomida Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlari jamoalarining ustunligi yaqqqol sezilib turdi. Bellashuvning yakuniy natijalariga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida Ruslan Hamzaev (Toshkent v.) birinchi, Muhammad O'ktamboev (Xorazm) ikkinchi, Doniyor Mahkamov (Toshkent sh.) uchinchi o'rinni band etdi. 

Qizlar o'rtasida Komila Xoliqova (Toshkent v.) birinchi, Madinabonu Matkarimova (Xorazm) ikkinchi, Roza Xadjieva (Toshkent v.) uchinchi o'rinlarni egalladi. 

Navoiy davlat konchilik instituti qoshidagi 2- Navoiy akademik liceyi sport zalida o'tgan badminton bahslarida ham barcha hududlardan kelgan 28 nafar o'g'il-qiz shohsupadan o'rin olish maqsadida bor imkoniyatlarini ishga solishdi. 

Musobaqa yakunida quydagi sportchi-o'quvchilar kuchli uchlikdan joy olishdi:

O'g'il bolalar: 1. Temur To'raxonov (Toshkent sh.), 2. Sanjar Boboqulov (Navoiy), 3. Biloliddin Qo'chqorov (Andijon).

Qizlar: 1. SHirin SHavkatova (Toshkent sh.), 2. Zaynab Qodirova (Navoiy), 3. Mohigul Karimova (Andijon).

Har ikkala sport turi bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlangach, «Sug'diyona» sport majmuasida tantanali tarzda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. SHoxsupadan joy olgan o'quvchilar O'zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidandiplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, “Barkamol avlod sport jamoalari” dasturidan o'rin olgan navbatdagi final bosqichi joriy yilning keyingi oyida Buxoro viloyatida bo'lib o'tadi. Unda jamoalar basketbol bo'yicha kuch sinashishadi. Ayni paytda ushbu sport turidan saralash bosqichlari davom etmoqda.

Ilhom Rahmonov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing