13 sen 13:44
Yangiliklar
Futbol

Kuman "Barselona" rahbariyatidan Salahni xarid qilishni so'radi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman klub rahbariyatidan "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salahni xarid qilishni so'radi.
"Ko'k-anorranglilar" ustozi tarkibni kuchaytirish uchun misrlik o'yinchiga yaxshi taklif bermoqchi. Qayd etilishicha, kerakli mablag'ni to'lash kataloniyaliklar uchun oson emas. Ushbu transferlar oynasida "Barselona"ni bir qator o'yinchilar tark etadi.
Salah 2017 yildan beri "Liverpul" to'p tepadi. Forvard o'tgan mavsum APL doirasidagi 34 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar