07 mar 10:40
Yangiliklar
Futbol

Kuman nima uchun yosh futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirayotganligi haqida gapirdi
La Liga 26-turida “Osasuna”ga (2:0) qarshi g'alabadan keyin kataloniyaliklar ustozi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz bugun eng yaxshi o'yinimizi namoyish eta olmadik, ammo g'alabaga loyiq edik. Natija biz uchun muhim edi. SHu ruhda davom etishiga umidvorman.
Yosh futbolchilar bizning faxrimiz. Ular ishqibozlar istagi uchunmas, balki shu joyda to'p tepishga loyiqligi uchun tarkibga kiritilishgan.
Pedri, Moriba, Mingueza, Arauxo kabi futbolchilar klubning kelajagi. Madrid derbisi? Birinchi navbatda o'zimizning natijamiz muhim. Albatta, derbidagi natija ham bizga qiziq. Har qanday hisob bizning foydamizga hal bo'ladi” deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Kuman.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar