So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

30 noy 17:02
Yangiliklar

Boshqalar

Kun xabari. Sambo olimpiya sport turi sifatida tan olindi

Bugun, 30 noyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida Xalqaro olimpiya qo'mitasining Ijroqo'm yig'ilishi o'z ishini boshladi.

Yig'ilishning ilk kuni sambo sport turi uchun tarixiy qaror qabul qilindi. Unga ko'ra, xalqaro sambo federaciyasi (FIAS) Olimpiya xartiyasining 25-bandiga binoan vaqtinchalik olimpiya sport turi etirof etildi. Vaqtinchalik muddat 3 yilni o'z ichiga oladi. 

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax ushbu rasmiy xabar hamda tabriknomani xalqaro sambo federaciyasi ofisiga jo'natgan. 

– Bugun butun dunyo sambosi uchun tarixiy sana. Butunjahon sambochilarining orzulari ushalgan kun. Sambo Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olindi. Bu yangi yil bayrami oldidan sambochilar uchun ajoyib sovg'a bo'ldi. Bundan ikki hafta avval samboning 80-yilligi keng nishonlangandi. Bugun esa nihoyat sambo etirofga sazovor bo'ldi, - dedi xalqaro sambo federaciyasi prezidenti Vasiliy SHestakov.

Malumot uchun, sambo bo'yicha birinchi jahon chempionati 1973 yili Eron poytaxti Tehron shahrida bo'lib o'tgan va unda 11 davlat sportchilari ishtirok etgan edi. Sochida o'tgan hozircha so'nggi jahon chempionatida esa sayyoramizning beshta qitasidan 90ta davlat sambochilari medallar uchun kurash olib borishgan. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing