So’nggi yangiliklar

20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0

29 mar 09:47
Yangiliklar

Boks/MMA, Boshqalar, Futbol

Kun xronologiyasi. 28 martda sport olamida koronavirus yuqtirgan va vafot etganlar

Kechagi kun sanasidagi hisob-kitoblarga ko'ra dunyoda 157 nafar sportga aloqador inson koronavirusni yuqtirib olgan.

Ularning aksariyati Ispaniya va Italiya vakillari hisoblanaldi.

Kasallanganlar: 157 (33 – Ispaniya, 29 – Italiya, 14 – Buyuk Britaniya, 9 – AQSH, 9 – Germaniya, 7 – Turkiya, 6 – Rossiya, 5 – Franciya, 4 – Braziliya, 3 – Argentina, 2 – Eron, 2 – Polsha, 2 – Janubiy Koreya, 2 – Portugaliya, 1 – Avstraliya, 1 – Daniya, 1 – Greciya, 1 – Kolumbiya, 1 – Serbiya, 1 – Gambiya, 1 – SHveciya, 1 – Norvegiya, 1 – Estoniya, 1 – Finlyandiya, 1 – Yaponiya, 1 – Paragvay, 1 – Xitoy, 1 – Meksika, 1 – Belgiya, 1 – Ukraina;

Sport turi bo'yicha: 107 – futbol, 27 – basketbol, 6 – velosport, 4 – xokkey, 2 – Formula-1, 2 – boks, 1 – tennis, 1 – tog' chang'isi, 1 – engil atletika, 1 – voleybol, 1 – gandbol; 1 – kibersport, 1 – suzish; 2 – sport jurnalistikasi.

Vafot etganlar: 10 (5 – Ispaniya, 2 – Eron, 1 – Portugaliya, 1 – Italiya, 1 – Niderlandiya, 7 – futbol, 1 – velosport; 2 – jurnalist.

Sog'ayib ketganlar: 18 nafar


Professional futbolchilar orasida ilk virusni yuqtirib olgan bemor Italiyaning S seriyasi vakili bo'ldi.

Futbolchilar orasidagi dastlabki o'lim holati esa 28 fevral kuni qayd etildi. O'sha kuni eronlik 23 yoshli futbolchi Ilxam SHeyxi vafot etdi.

Milliy Basketbol associaciyasi (MBA) vakili "Yuta Jaz" jamoasining azosi Rudi Gober basketbolchilar orasida birinchi bo'lib kasallikni yuqtirib olgan. SHundan so'ng MBAning vaqtinchalik to'xtatilishi haqida qaror qabul qilindi. 27 mart sanasida sportchining sog'aygani malum bo'ldi.

11 mart kuni “Yuventus” himoyachisi Daniel Ruganida (COVID 19) virusi aniqlandi. Undan keyin 17 va 21 mart kunlari jamoadoshlari Blez Matyudi va Paulo Dibalaning qon tahlillari ham virus borligini ko'rsatgan.

13 mart kuni "CHelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoining ham kasallangani malum bo'ldi, lekin hujumchi tezda bu ofatdan qutilishga erishdi.

15 mart sanasida virus Ispaniyaning "Valensiya" klubiga etib bordi, undan so'ng yaqinda berilgan xabarga ko'ra jamoaning katta qismi virusga chalingani malum bo'ldi.

18 martda MBA yulduzi Kevin Dyurantda ham koronavirus aniqlandi.

Milliy Xokkey ligasi (MXL)da birinchi bo'lib virusni "Ottava" o'yinchisi 18 mart kuni yuqtirib oldi.

20 mart kuni ispaniyalik ikki sport jurnalisti virus natijasida vafot etgani malum bo'ldi.

Keyinchalik, 21 mart sanasi Italiya futboli afsonasi Paoli Maldini va uning o'g'li virusga chalingani elon qilindi, o'sha kuni esa "Real Madrid"ning sobiq prezidenti Lorenso Sans 76 yoshida virus sababli vafot etdi.

23 mart kuni turkiyalik mashhur murabbiy Fatix Terimning ham virusga chalingani elon qilindi.

Braziliya sportida ilk virus yuqishi 25 mart kuniga to'g'ri keldi. Tennischi Tiago Seybot Uayldning qon tahlili ham musbat natija ko'rsatgan. SHu kuni kibersportchilar orasida ham ilk kasal aniqlandi.

#uydaqoling

#vahimasizkarantin

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing