24 jan 11:45
Yangiliklar
Formula-1
Kun yangiligi. “Formula-1”ni 40 yil boshqargan Ekklstoun istefoga chiqdi
40 yil davomida “Formula-1” Qirollik poygalariga rahbarlik qilib kelgan Berni Ekklstoun istefoga chiqdi.
Ispaniyaning AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 86 yoshli Ekklstoun “Formula-1” musobaqalarining yangi xo'jayini Liberty Media kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.
“Bugun istefoga chiqdim va “Formula-1”dan ketyapman. Bu rasmiy xabar. Mening o'rnimni CHeyz Keri egallaydi. O'zim esa faxriy prezident bo'lib qolaman”, – dedi Ekklstoun.
Malumot uchun, Liberty Media kompaniyasi “Formula-1” musobaqalariga egalik qilish huquqini 8 mlrd evroga sotib oldi.
Havola :
Fikrlar