24 avg 14:00
Yangiliklar
Futbol

Kunde shaxsiy shartnoma bo'yicha "CHelsi" bilan kelishuvga erishdi
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde "CHelsi"ning shaxsiy shartnoma borasidagi taklifini qabul qildi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, agar klublar kelishuvga erishishsa, 22 yoshli futbolchi "ko'klar" bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.
Mish-mishlarga ko'ra, ikkala tomon ham transferning barcha detallari borasida deyarli kelishuvga erishishgan, "CHelsi" ispanlarga 40 million evro atrofida to'laydi.
Francuz o'tgan mavsum "Sevilya" tarkibida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar