So’nggi yangiliklar

19:23Ўзбек клублари ЖЧ-2026 орқали қанча даромад топади? 0 18:49Болаларга қувонч улашган "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:18Махачев: "Баъзиларга "Оғайни, машғулот ўрнига бориб ишла" дегинг келади" 0 17:54Дональд Трамп: "Оқ уй яқинидаги UFC аренаси абадий қолиши мумкин" 0 17:28Шакира ва Burna Boy очилиш маросимида ЖЧ-2026 мадҳиясини ижро этади 0 16:53Жон Жонс ва Даниэль Кормье ўртасида трилогия ўтказилади 0 16:25Аниш Гири Синдаровнинг Бибисара билан муносабати тўғрисида ҳазиломуз пост жойлади 0 15:50Дмитрий Бивол P4P рейтингида Топ-10`га қайтди 0 15:14Бельгия терма жамоаси бош мураббийи: "Биз аутсайдермиз" 0 14:44Тожикистонлик UFC жангчиси Рамазон Темиров билан бир кардда октагонга чиқади 0 14:01Жаҳонгир Зокиров Zuffa Boxing'даги илк жангини мағлубиятсиз боксчига қарши ўтказади 0 13:33Камончиларимиз Анталиядаги Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 12:54"Манчестер Сити" "Реал"га 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:27Makarska Open. Тимофеева икки ғалаба эвазига 1/4 финалга чиқди 0 12:03Ислам Махачев: "Онам ММАдаги фаолиятимни якунлашимни хоҳлаяпти. Ҳаммаси тамом, шекилли" 0

09 dek 11:02
Yangiliklar

Kurash

Kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 72 ta medal bilan birinchi o'rinni egalladi

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida kurash bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida IX, faxriylar o'rtasida III jahon chempionati muvaffaqiyatli o'tkazildi.

CHempionatning ikkinchi kunida 16-17 yoshlilar 18 ta vazn toifasida sovrinli o'rinlarga davogarlik qildi. Yigirmadan ortiq davlatning 150 nafardan ziyod yosh sportchilari ishtirokidagi bahslar sarhisobiga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 32 ta (14 ta oltin, 13 ta kumush va 5 ta bronza) medalni qo'lga kiritdi.

Faxriylar o'rtasida o'tgan jahon chempionatida mamlakatimizning faxriy polvonlari 4 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medaliga egalik qildi.

Jahon chempionatining natijalariga ko'ra, 30 ta oltin, 30 ta kumush va 12 ta bronza medaliga egalik qilgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi. Mo'g'uliston ikkinchi, Turkmaniston esa uchinchi pog'onani band etdi.

Milliy sportimiz kurashning xalqaro rivojiga munosib hissa qo'shgan terma jamoamiz azolari bugun yurtimizga qaytib kelishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing