So’nggi yangiliklar

19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0

03 dek 08:46
Yangiliklar

Boshqalar

Kurash. Ettita vaznda jahon chempionlari aniqlandi, bizda 9 ta medal!

Turkiyaning Istambul shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi 11-jahon chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning ilk kuni erkaklar o'rtasida 60, 66, 73, xotin-qiz kurashchilar orasida esa 48, 52, 57 hamda 63 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Qizlar o'rtasida hamyurtlarimizdan Mohinur Mo'minova (48 kg), Gulnor Sulaymonova (52 kg), Dildor SHermetova (57 kg) barcha raqiblarini mag'lub etib, jahon chempioniga aylanishdi. Oysuluv Abdumajidova, Amangul Allanazarova va Mohinur Pirnazarova kumush medalga sazovor bo'lishdi.  


Erkaklar o'rtasidagi bahslarda 66 kg vaznda SHahram Ahadov va 73 kg vazn toifasidagi Davlat Abraev jahon chempionatining oltin medali bilan taqdirlanishdi. Finalda Abraevga yutqazgan Muhriddin Qurbonov kumush medalni qo'lga kiritdi.

SHu tariqa, jahon chempionatining ilk kuni o'zbekistonlik kurashchilar 5 ta oltin, 4 ta kumush, jami 9 ta medalga ega bo'lishdi. Bu bilan polvonlarimiz hozircha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turishibdi.  


Kechagi barcha g'olib va sovrindorlar: (Ayollar)

48 kg

1. Mohinur Mo'minova (O'zbekiston)

2. Mikaela Uaytbul (JAR)

3. Zarina Saparova (Turkmaniston)

3. SHogik Caturyan (Rossiya)

52 kg

1. Gulnor Sulaymonova (O'zbekiston)

2. Oysuluv Abdumajidova (O'zbekiston)

3. Katerina CHerti (Ukraina)

3. Xui SHen Ksyaao (Xitoy Taypeyi)

57 kg

1. Dildor SHermetova (O'zbekiston)

2. Amangul Allanazarova (O'zbekiston)

3. Jenita Kross (JAR)

3. Mehribon Qurbonova (Turkmaniston)


63 kg

1. Van Ting Li (Xitoy Taypeyi)

2. Mohinur Pirnazarova (O'zbekiston)

3. Gulshat Nasirova (Turkmaniston)

3. Jasmin Martin (JAR)


Erkaklar. 60 kg

1. Suyundik Jumanov (Qozog'isiton)

2. SHamuhammet Qurbonov (Turkmaniston)

3. Behzad Vahdani (Eron)

3. CHihan Ozayya (Turkiya)

66 kg

1. SHahram Ahadov (O'zbekiston)

2. G'anbarali G'anbari (Eron)

3. Marat Orazov (Turkmaniston)

3. Erkin Omurzakov (Turkmaniston)

73 kg

1. Davlat Abraev (O'zbekiston)

2. Muhriddin Qurbonov (O'zbekiston)

3. Begench Baltaev (Turkmaniston)

3. Taraz Lozinskiy (Ukraina)

Reyting:    

Fikrlar

   
03 dek 19:29:12
ibrat
Kurash satanic bo'la Turin birinchi o'rinni ololmasa uyatku axir.
   
03 dek 09:30:00
Абдуазиз
60 kg da yutqazdimi?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing