So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

04 dek 08:35
Yangiliklar

Boshqalar

Kurash. Jahon chempionatida 21ta medal qo'lga kiritildi, 10tasi oltin!

Turkiyaning Istambul shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi 11-jahon chempionati yakunlandi.

Kecha musobaqaning so'nggi kuni erkaklar o'rtasida 81, 90, 100 hamda eng og'ir +100 kg, ayollarda esa 70, 78, 87 va +87 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.

Qizlar o'rtasida hamyurtlarimizdan Kumush Yo'ldosheva (78 kg) va Rahima Yo'ldosheva (87 kg) barcha raqibalarini mag'lub etib, jahon chempioniga aylanishdi. Malohat Ro'zieva (87 kg) kumush medalga sazovor bo'ldi. Gulmira Ismatova va Gavhar Xudoyqulova (ikkisi ham 70 kg), Maftuna Esonova (78 kg), Rinata Ilmatova hamda Begam Boyimova (ikkisi ham +87 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.


Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa Kamoliddin Rasulov (81 kg), SHuhratjon Arslonov (90 kg) va eng og'ir vazndagi Muhsin Hisomiddinov (+100 kg) jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritishdi. Ilhom Jo'raev esa (100 kg) kumush medalga sazovor bo'ldi.

SHu tariqa, jahon chempionati yakunlariga ko'ra o'zbekistonlik kurashchilar 10 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza, jami 21 ta medalni qo'lga kiritib, umumajamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.


Kechagi barcha g'olib va sovrindorlar: (Ayollar)

70 kg vazn toifasi

1. Nurjan Yilmaz (Turkiya)

2. Olga Zaxarcova (Rossiya)

3. Gulmira Ismatova (O'zbekiston)

3. Gavhar Xudoyqulova (O'zbekiston)

78 kg

1. Kumush Yo'ldosheva (O'zbekiston)

2. Aleksandra Vlasova (Rossiya)

3. Ksien-Cu Yang (Xitoy Taypeyi)

3. Maftuna Esonova (O'zbekiston)

87 kg

1. Rahima Yo'ldosheva (O'zbekiston)

2. Malohat Ro'zieva (O'zbekiston)

3. CHantele Vesser (JAR)

+87 kg

1. Nadejda Eremeeva (Rossiya)

2. Belkis Kayya (Turkiya)

3. Rinata Ilmatova (O'zbekiston)

3. Begam Boyimova (O'zbekiston)


Erkaklar. 81 kg

1. Kamoliddin Rasulov (O'zbekiston)

2. Dayanch Omirov (Turkmaniston)

3. CHun-ta Xuang (Xitoy Taypeyi)

3. Giorgi Kankava (Gruziya)

90 kg

1. SHuhratjon Arslonov (O'zbekiston)

2. Hamed Rashidi (Eron)

3. Zamanimog'addam (Eron)

3. YU-Ksyuan Lu (Xitoy Taypeyi)

100 kg

1. Tentore Masmanidis (Greciya)

2. Ilhom Jo'raev (O'zbekiston)

3. Kim Jeong Vu (Janubiy Koreya)

3. Xudayberdi Jumaev (Turkmaniston)


+100 kg

1.Muhsin Hisomiddinov (O'zbekiston)

2. Jaffar Pahlevani (Eron)

3. Razi Safarov (Ozarbayjon)

3. Dimitrios Coumitas (Greciya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing