03 okt 07:50
Yangiliklar
“Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida Prezident qarori
Keyingi yillarda asrlar davomida mardlik, bag'rikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida ezozlanib kelingan, o'zbek xalqining tarixiy merosi – “Kurash” milliy sport turini (keyingi o'rinlarda kurash deb yuritiladi) qayta tiklashga alohida etibor qaratilmoqda.
Davlatimizning bevosita qo'llab-quvvatlashi natijasida kurash xalqaro sport turi sifatida keng etirof etildi, “kurash”, “halol”, “tazim”, “to'xta” va “yonbosh” kabi atamalar esa xalqaro sport lug'ati tarkibidan mustahkam o'rin egalladi.
1998 yil 6 sentyabrda tasis etilgan Kurash xalqaro associaciyasi bugungi kunda sayyoramizning beshta qitasidagi 129 ta milliy federaciyani birlashtirgan.
2010 yilda Kurash xalqaro associaciyasi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish uchun buyurtma berishda muhim talab hisoblangan Jahon dopingga qarshi agentligining etirofiga sazovor bo'ldi.
2017 yil 20 sentyabrda Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida “Kurash” milliy sport turi tarixda ilk bor XVIII yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga rasman kiritildi.
Kurash xalqaro associaciyasi va O'zbekiston Respublikasi kurashni xalqaro sport musobaqalari va turnirlari dasturlariga, kelgusida esa Olimpiya o'yinlari dasturiga ham kiritish bo'yicha faol tadbirlarni amalga oshirmoqda.
SHu bilan birga, mavjud ayrim kamchiliklar kurashni yanada rivojlantirishga to'sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, “Kurash” milliy sport turini, ayniqsa, voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida, o'sib kelayotgan avlodning milliy iftixor
va vatanparvarlik tuyg'usini mustahkamlash maqsadida ommalashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermayapti;
ikkinchidan, mazkur sport turi bo'yicha qobiliyatli kurashchilarni aniqlash va saralash hamda ularning mashq qilishi, shuningdek, murabbiy
va hakamlarni tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish imkonini beradigan klub va sekciyalarning yaxlit tizimi shakllantirilmagan;
uchinchidan, yoshlarni ushbu sport turi bilan shug'ullanishga kengroq jalb etishga qaratilgan xalqaro musobaqalar g'oliblari va sovrindorlarini rag'batlantirishning samarali tizimi joriy etilmagan;
to'rtinchidan, zarur moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining etarli emasligi, sport anjomlarini ishlab chiqish yo'lga qo'yilmaganligi sportchilar mashg'ulotlarini talab darajasida tashkil etishga hamda kurash bo'yicha xalqaro musobaqalarni o'tkazishga to'sqinlik qilmoqda.
“Kurash” milliy sport turini aholi, ayniqsa, voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida yanada rivojlantirish hamda ommalashtirish, o'sib kelayotgan avlodda milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg'usini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va jahon sport maydonida yuqori natijalarga erishishni taminlash maqsadida:
1. 6 sentyabr – “Kurash” milliy sport turi kuni sifatida belgilansin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlari, har bir tuman (shahar)da zamonaviy sport klublari va sekciyalarini tashkil etish;
kurash bo'yicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlarni doimiy asosda tashkil etish va o'tkazish;
kurash bo'yicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlar ishtirokchilarining avtomatlashtirilgan malumotlar bazasini joriy etish;
“Kurash” yo'nalishi bo'yicha oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalariga qabul kvotalarini oshirish;
mazkur sport turi bilan shug'ullanish uchun jahon standartlariga javob beradigan “yaktak” sport kiyimlari va “kurash gilam”larini ishlab chiqarishni tashkil etish;
kurashni, shu jumladan, reklama kampaniyalarini o'tkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish orqali ommalashtirish bo'yicha media-reja ishlab chiqish.
3. O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi “Kurash” milliy sport turini “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o'yinlari dasturiga o'rnatilgan tartibda kiritilishini taminlasin.
4. O'zbekiston kurash federaciyasining O'zbekiston kurash federaciyasi huzurida “Kurash” milliy sport turi markazi” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish va Toshkent shahar, Korxojaota ko'chasi, 25-uy manzili bo'yicha joylashtirish to'g'risidagi taklifi maqullansin.
Toshkent shahar hokimligi “Kurash” milliy sport turi markazini mazkur bandning birinchi xatboshisida ko'rsatilgan manzil bo'yicha bepul joylashtirilishini taminlasin.
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O'zbekiston kurash federaciyasi va uning bo'linmalari faoliyatini muntazam qo'llab-quvvatlash, shu jumladan, “Kurash” milliy sport turi markazi binosini rekonstrukciya qilish va moddiy-texnik jihozlash uchun homiylik mablag'larini jalb etish bo'yicha takliflar kiritsin.
6. Quyidagi tartib o'rnatilsin, unga muvofiq:
yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi (yalpi tushumi) O'zbekiston kurash federaciyasi faoliyatini moliyalashtirish uchun yo'naltirilgan badal, homiylik va xayriya yordam ko'rinishidagi mablag'lar miqdoriga, lekin soliq solinadigan foydaning (yalpi tushumning) o'n foizidan ko'p bo'lmagan miqdorga kamayadi;
O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan sportchilar va murabbiylarga topshiriladigan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg'alar ko'rinishidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod qilinadi.
7. Sportchilarni hammabop va sifatli sport kiyimlari va inventarlari bilan taminlash maqsadida asosiy faoliyati “yaktak” sport kiyimlari va (yoki) “kurash gilam”larini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar besh yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalarni to'lashdan ozod qilinsin, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi bundan mustasno.
8. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
O'zbekiston kurash federaciyasining buyurtmalari bo'yicha kurashni rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig'imlarni undirmasdan kirish vizalarini rasmiylashtirishni taminlasin;
O'zbekiston kurash federaciyasiga xorijda kurash bo'yicha xalqaro musobaqalar va turnirlarni tashkil etish va o'tkazishda ko'maklashsin.
9. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O'zbekiston kurash federaciyasining buyurtmalari bo'yicha kurashni rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko'p martalik kirish vizalari berilishini va muddatining uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtincha ro'yxatdan o'tkazilishini va vaqtincha ro'yxatdan o'tkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taminlasin.
10. O'zbekiston milliy axborot agentligi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston matbuot va axborot agentligiga sport musobaqalari va turnirlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam
va keng yoritish orqali kurashni ommalashtirishga ko'maklashish tavsiya etilsin.
11. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda kurash bo'yicha Osiyo o'yinlari, Osiyo va jahon chempionatlari, shuningdek, O'zbekiston birinchiligi g'oliblarini oliy talim muassasalariga imtiyozli qabul qilish tartibini joriy etish haqidagi;
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B.Abdullaev zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOEV
Toshkent shahri, 2017 yil 2 oktyabr
Fikrlar