So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

01 iyu 19:01
Yangiliklar

Kurash

Kurash–World Series Pro Dunyo mo'jizali yurtida davom etadi

Qadimiy Nil vodiysi Liviya sahrosi bilan chegaradosh hududda, yam-yashil ekinzorlaru, finikiy palmalar o'rnini sap-sariq qum tepaliklari egallaydigan joyda g'ayritabiiy tog'lar ko'zga tashlanadi.

Bu tog'larning qorasi juda uzoqdan, bir necha o'n kilometr uzoqlikdagi Qohira shahridan ham ko'rinib turadi. G'aroyib ko'rinish, geometrik aniqlik, tarixiy jozibadorlik, qudratli ulug'vorlik bularning barchasi Misr ehromlarida mujassam. 

Misr ehromlari Dunyo mo'jizalari ro'yxatiga ham kiritilgan.

7-13 iyul kunlar Mo'jizalar yurtida ilk bora katta kurash bayrami tashkil etiladi. Kurash bo'yicha kattalar va yoshlar o'rtasida Afrika chempionati hamda Kurash–World Series Pro turnirining Afrika qitasi saralash bosqichlariga Misr poytaxti Qohira shahri mezbonlik qiladi.

Xalqaro Kurash associaciyasi, Afrika Kurash ittifoqi, Misr Kurash qo'mitasi, Misr Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston hukumati hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur musobaqalarda qitaning eng kuchli polvonlari kuch sinashadi.

Kurash bahslari Qoxiraning eng yirik va zamonaviy “Complex Heliopolis” yopiq sport majmuasida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur kompleks 1991 yilda qurib foydalanishga topshirilgan bo'lib, 4 ta yopiq majmuadan tashkil topgan. 16 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan kompleksning futbol zalida FIFA doirasida ko'plab xalqaro uchrashuvlar o'tkazilgan.

Musobaqa dasturiga asosan 7 iyul kuni Afrika Kurash ittifoqining Boshqaruv yig'ilishi o'tkaziladi. 8 iyul kuni hakamlar va murabbiylar seminari va imtihonlari boshlanadi. 9-11 iyul kunlari kattalar va yoshlar o'rtasi Afrika chempionati bo'lib o'tadi.

12 iyul kuni esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun World Series Pro turnirining Afrika qitasi saralash bosqichi o'z g'oliblarini aniqlaydi.

Malumot uchun, Misr Kurash qo'mitasi 2022 yilda tashkil etilgan va shu yilning o'zida Puna shahrida bo'lib o'tgan IKAning navbatdagi Kongressida azolikka qabul qilingan. Kurash bo'yicha yirik xalqaro tadbirlarda Misrda ilk marotaba tashkil etilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing