11 apr 14:50
Yangiliklar
Kurashchilarimiz Pahlavon Mahmud turniri uchun Eronga etib borishdi + FOTO
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan xalqaro turnirida dunyoning ko'plab davlatlaridan sara kurashchilar gilamga chiqadi. Rizamat Soliev murabbiyligidagi kurash bo'yicha terma jamoamiz Eron davlatiga etib bordi.
Terma jamoamiz tarkibi: Umar Bozorov, Alixon Nodirov, Asror Hamidov, Muhsin Hisomiddinov.
Kurash bahslari 50 000 tomoshabinga muljallangan "Zeinal-Khan Traditional Wrestling Arena"da bo'lib o'tadi. Kurashchilar 2 ta vazn toifasida gilamga chiqishyapti. -90 kg va +90 kg vazn toifalarida har bir davlatdan 2 nafardan kurashchi ishtirok etishi mumkin.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 10 000 AQSH dollari bo'lib, g'oliblar 3000 dollarga ega bo'lishadi. Kumush medal sohiblari 1000, bronza medalga ega chiqqanlar o'z hamyonlarini 500 dollarga boyitib olishadi.
Fikrlar