27 avg 08:03
Yangiliklar
Sport kurashlari
Kurashchilarimiz U-17 Jahon chempionatini 7 ta medal bilan yakunlashdi
Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Dunyo birinchiligida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Yana bir ahamiyatli tomoni, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqqan "klassik" kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashdi.
Oltin medal:
-48 kg: Ulug'bek Rashidov (erkin kurash).
Kumush medal:
-48 kg: Husniddin Abdukarimov (yunon-rum kurashi).
Bronza medal:
-45 kg: Umidjon Karomov (yunon-rum kurashi)
-55 kg: Sardor Xolmurzaev (yunon-rum kurashi)
-60 kg: Farruh Yo'ldoshev (yunon-rum kurashi)
-71 kg: Behruzbek Valiev (yunon-rum kurashi)
-92 kg: Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi).
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar