30 noy 12:58
Yangiliklar
Futbol

Kutilgan xabar: Sluckiy "Vittes"dan ketdi
"Vittes" bosh murabbiyi Leonid Sluckiy "Xerenven"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng klubdan ketdi.
"Men Gollandiyani, muxlislarni va hamma-hammasini sog'inib qolaman. Endi bu yuragimning bir qismi bo'lib qoladi", - deydi Sluckiy.
"Vitess" ketma-ket 4-o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Jamoa 15 turdan so'ng 23 ochko jamg'argan 7-o'rinni egallab turibdi.
Sluckiy "Vitess"ni 2018 yilning yozidan buyon boshqarayotgan edi. O'tgan mavsum rossiyalik qo'l ostida jamoa chempionatda 5-o'rinni egalladi. Ammo, Evropa ligasi uchun bo'lgan pley-off o'yinida "Utrext"ga imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o'tamiz, Sluckiy bundan oldin 2017 yilda "Xall Siti"da ishlagan edi.
Havola :
Fikrlar