So’nggi yangiliklar

17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0

02 avg 19:12
Yangiliklar

Futbol

Kuz-bahor tizimiga o'tayotgan Osiyo chempionlar ligasi qachon boshlab qachon tugaydi?

SHu yilning 22 fevral kuni OFK Ijroiya qo'mitasi klublar o'rtasidagi OCHL va OFK Kubogini kuz-bahor tizimiga o'tkazish haqida qaror qabul qilgandi.

Ushbu qaror ham bir qancha tortishuvlarga sabab bo'ldi. Kimdir juda yaxshi g'oya degan fikrni ilgari surgan bo'lsa, kimgadir bu g'oya yoqmadi. Malumki, shu paytgacha Osiyo chempionlar Ligasi tashkil etilganidan beri o'yinlar qishda start olib, to kuzgacha davom etayotgandi. 

Lekin yangi taqvimga ko'ra, OCHL bahslariga avgustdan start beriladi va navbatdagi yilning may oyida hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

OFK 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab rasman kuz-bahor tizimiga o'tadi. SHunda OCHL o'tish bosqich o'yinlari 2023 yil 8 avgustda boshlanadi va final 2024 yil 18 mayda bo'lib o'tadi.

Bu borada kengroq to'xtaladigan bo'lsak, OCHL G'arb mintaqasining taqvimi quyidagicha ko'rinish bo'ladi:


SARALASH BOSQICHI

Birinchi o'tish o'yini - 8 avgust, 2023

Ikkinchi o'tish o'yini - 15 avgust, 2023

Pley-off bahsi - 22 avgust, 2023


GURUH BOSQICHI

1-tur. 18-19 sentyabr, 2023

2-tur. 2-3 oktyabr, 2023

3-tur. 23-24 noyabr, 2023

4-tur. 6-7 noyabr, 2023

5-tur. 27-28 noyabr, 2023

6-tur. 11-12 dekabr, 2023


PLEY-OFF BOSQICHI

1/8 final. Birinchi o'yin. 12-13 fevral, 2024

1/8 final. Javob uchrashuvi. 19-20 fevral, 2024

1/4 final. Birinchi o'yin. 4-5 mart, 2024

1/4 final. Javob uchrashuvi. 11-12 mart, 2024

1/2 final. Birinchi o'yin. 16 aprel, 2024

1/2 final. Javob uchrashuvi. 23 aprel, 2024

Final. Birinchi o'yin. 11 may, 2024

Final. Javob uchrashuvi. 18 may, 2024

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing