12 apr 10:01
Yangiliklar
Tennis
Kuznecova Luganodagi ishtirokini davom ettirmoqda
Sayyoramizning 109-raketkasi Svetlana Kuznecova SHveycariyaning Lugano shahrida o'tkazilayotgan turnirning chorak finaliga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi ikkinchi davra uchrashuvida reytingning 112-pog'onasidan joy olib turgan shveycariyalik Timea Bachinskiga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Kuznecova 5/7, 6/3, 6/4 hisobida g'alaba qozondi.
Ikki tennischi o'rtasidagi uchrashuvlar hisobi 5:0 ko'rinishiga keldi. Endi Svetlana Samsung Open turnirining chorak finalida germaniyalik Antoniya Lottner hamda chexiyalik Kristina Plishkova uchrashuvi g'olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar