06 fev 10:38
Yangiliklar
Tennis
Kvitova o'ziga hujum qilgan bosqinchi borasida ko'rsatma berdi
CHexiyalik tennischi Petra Kvitova sudda 33 yoshli Radim Zondraning ishi yuzasidan ko'rsatma berdi.
Bu shaxs 2016 yili Kvitovaning uyiga bostirib kirib, uni pichoq bilan yaralagan edi. Sud kecha CHexiyaning Brno shahrida bo'lib o'tdi. Lekin Petra jinoyatchi bilan yuzma-yuz kelishdan o'zini tiyib, u o'tirgan xonada ko'rsatma bermadi.
Eslatib o'tamiz, bu hujum natijasida Kvitova chap qo'lida bir nechta jarrohlik amaliyotini o'tkazishga majbur bo'lgandi. Buning natijasida u yarim yil kortga chiqa olmagan edi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar