11 noy 12:52
Yangiliklar
Tennis
Kvitova qo'lini saqlab qolgan klinikaga xayriya puli o'tkazdi
CHexiyalik tennischi, Uimbldon turnirining ikki karra g'olibasi Petra Kvitova xayrli ishga qo'l urdi.
Petra CHexiyadagi klinikaga 13 000 dollar xayriya qildi. Aynan shu klinikada Kvitovaning qo'li operaciya qilingan edi. Bir necha oy oldin Petra o'z uyida bosqinchining hujumiga duchor bo'lgandi. O'shanda o'g'ri uydan qochayotgan bir pallada tennischining qo'lini pichoqda kesib ketgan edi.
Bugun ayollar jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Federaciya Kubogi tashkilotchilari chexiyalik tennischining sadoqati uchun 13 000 dollarlik chek taqdim etishgandi. Petra so'nggi 10 yil ichida faqat bir marotaba ushbu turnirda ishtirok etmagan. Ushbu chekni u klinikaga topshirdi.
Havola :
Fikrlar