So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

06 iyu 19:21
Yangiliklar

Futbol

KXDR bosh murabbiyi: Ertangi o'yinda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazamiz

Ertaga o'tkaziladigan O'zbekiston hamda KXDR terma jamoalari o'rtasidagi o'yin oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Yung Jang Sung ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yung Jang Sung OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

"BAAdagi Osiyo kubogidan so'ng ilk marotaba o'yin o'tkazamiz. Tarkibimizda o'zgarishlar bo'ldi. O'ylaymanki, ushbu o'yin har ikki jamoa uchun foydali bo'ladi", - deya so'z boshladi murabbiy. 

- Jamoa 140 kun ichida o'ynamadi. Ertangi o'yinga jamoa qay darajada tayyor?

-To'g'ri, biz Osiyo kubogidan so'ng umuman o'ynamadik. Asosan o'zimizda mashg'ulotlar o'tkazdik. Tarkibimizda yangi nomlar bor. O'zgargan

- Osiyo Kubogida sharmandali natija qayd etdi. Bugungi kunda rahbariyat murabbiy oldiga qanday vazifa qo'ygan? Terma jamoa buni qay darajada uddalay oladi? 

- Rahbariyat oldimizga qo'ygan asosiy vazifalardan biri - JCH saralash bosqichiga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, muvaffaqiyatli ishtirok etishdan iborat. 

- O'zbekistonga qarshi o'yinda murabbiy uchun natija muhimmi yoki unda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish asosiy maqsadmi?

- Oldinda turgan o'yinda natija biz uchun muhim emas. Asosan yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazishni maqsad qilganmiz. Ushbu tarkibga mahalliy futbolchilarni jalb etganman. Aytganimdek, asosiy maqsadimiz JCH saralashiga munosib tayyorlanish.

- Ertangi o'yinda futbolchilarga motivaciya bera oladigan omil bormi?

- Mazkur uchrashuvda nima motivaciya bo'la oladi? Ertaga biz asosan yangi futbolchilarga ishonch bildiramiz. Ularning maqsadi jahon chempionatiga chiqish. Ular o'zini ko'rsatishi lozim. Aynan shu motivaciya vazifasini bajaradi. 

- KXDR o'rtoqlik o'yinlari uchun kuchli raqib topishga qiynaladimi?

- Biz terma jamoani yiqqanimizga 20 kun bo'ldi. Jamoa yangidan qurilmoqda. Biz MTJ uchun yangi futbolchilarni selekciyasi bilan shug'ullanmoqdamiz. 

Aziz To'xtamurodov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing