30 okt 08:50
Yangiliklar

La Liga. “Atletiko” va “Barselona”dan g'alaba, “Sevilya”da durang
Amaldagi mamlakat chempioni “Barselona” o'z maydonida “Granada” klubini qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Yagona gol 48-daqiqada Rafinya tomonidan kiritildi.
Madridning “Atletiko” klubi o'z muxlislari ko'z o'ngida “Malaga”dan 4:2 hisobida ustun keldi. Xixonning “Sporting” klubi mehmoni bo'lgan “Sevilya” esa 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Turnir jadvalida Madridning “Real” klubi 24 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. “Barselona” 22 ochko bilan ikkinchi, “Altetiko” esa 21 ochko bilan uchinchi o'rinni band etgan.
Ispaniya chempionati, 10-tur
SPORTING XIXON – SEVILYA 1:1 (1:1, 0:0)
“El Molinon” stadioni
Gollar: 0:1 – 4 Vetto, 1:1 – 20 Gomes.
“Sporting Xixon” – Kuelyar, Kastelyano, Xorxe Mere, Amorebeta, Kanelya, Gomes (Lora, 82), Alvares, Kases, Lopes (Burgi, 69), Vigera, CHop (Ndi, 70).
“Sevilya” – Riko, Karrisu, Rami, Merkado, Mariano, Nasri (Iborra, 46), Nzonzi, Vitolo, Vaskes, Vetto, Ben-Yedder (Sarabiya, 74).
Ogohlantirishlar: Lopes (6), Kuelyar (23), Merkado (23), CHop (24), Gomes (26), Kases (71), Amorebeta (83), Karrisu (90).
ATLETIKO – MALAGA 4:2 (3:1, 1:1)
“Visente Kalderon” stadioni
Gollar: 1:0 – 7 Ferreyra Karrasko, 2:0 – 24 Gameyro, 2:1 – 31 Sandro Ramires, 3:1 – 44 Gameyro, 3:2 – 64 Kamacho, 4:2 – 86 Ferreyra Karrasko.
“Atletiko” – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis, Gaytan (Korrea, 31), Gabi, Saul, Ferreyra Karrasko, Gameyro (Tiagu, 65), Grizmann (Lyuka Ernandes, 61).
“Malaga” – Kameni, Rosales, Kone (En-Nesiri, 63), Vilyanueva, Rikka, Xuan Karlos, Xoni Rodriges (Anor, 59), Fornals (Duda, 72), Kamacho, CHori Kastro, Sandro Ramires.
Ogohlantirishlar: CHori Kastro (43), Savich (49), Vilyanueva (73), Rikka (77), Oblak (77), Saul (84), Kamacho (90).
CHetlatishlar: Savich (60), CHori Kastro (88).
BARSELONA – GRANADA 1:0 (0:0, 1:0)
“Kamp Nou” stadioni
Gol: 1:0 – 48 Rafinya.
“Barselona” – ter Stegen, Messi, Umtiti, Din, Suares (Andre Gomesh, 71), Maskerano, Rafinya, Serdji Roberto, Rakitich, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 83).
“Granada” – Ochoa, Sone, Lomban, Ruben Vezu, Silva, Pereyra (Boga, 60), Agbo, Karsela-Gonsales, Kuenka, Toral (Serji Samper, 77), Kravec (Barral, 72).
Ogohlantirishlar: Silva (11), Toral (73), Lomban (79), Neymar (87), Ruben Vezu (87).
Fikrlar