02 mar 07:11
Yangiliklar

La Liga. "Barselona" "Bernabeu"da ojiz qoldi
Aniqrog'i, La Liganing 26-tur markaziy uchrashuvi "Santyago Bernabeu" stadionida Madridning "Real" hamda amaldagi chempion "Barselona" jamoalari o'rtasida o'tkazildi. Uchrashuvda "Qirollik klubi" Vinisius Juniorning 71 hamda asosiy vaqtga hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada Mariano Dias tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Real Madrid – Barselona 2:0
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 1:0 – 71 Vinisius Junior, 2:0 – 90 Mariano Dias.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Valverde (Vaskes, 86), Kazemiro, Isko (Modrich, 79), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 90).
Barselona – ter Stegen, Semedu, Umtiti, Pike, Alba, Artur (Rakitich, 80), de Yong, Buskets, Vidal (Breytueyt, 69), Messi, Grizmann (Fati, 81).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (10), Karvaxal (19), Alba (19), Messi (85).
Fikrlar