03 dek 06:27
Yangiliklar

La Liga. "Barselona" g'alaba qozondi va peshqadamga aylandi
"Kamp Nou" stadionida kechgan uchrashuvda kataloniyaliklar Pike va 20 yoshli Alenyaning gollari evaziga ishonchli g'alabaga erishishdi. Bu bilan Ernesto Valverde shogirdlari 28 ochko bilan peshqadamga aylanib olishdi.
Bu turgacha karvonboshi bo'lib turgan "Sevilya" klubi ochko yo'qotdi. Andalusiyaliklar mehmonda "Alaves" bilan 1:1 hisobida durang o'ynashdi. "Sevilya" 27 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan. Bu turda "Jirona" bilan durang (1:1) o'ynagan "Atletiko" 25 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.
Barselona – Vilyarreal 2:0
"Kamp Nou" stadioni
Gollar: 1:0 – 36 Pike, 2:0 – 87 Alenya.
Barselona – ter SHtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Vidal (Alenya, 70), Buskets, Koutino (Malkom, 80), Rakitich, Dembele, Messi.
Vilyarreal – Asenxo, Ruis, Alvaro Gonsales, Mario Gaspar, Pedrasa, Trigeros (Bakka, 67), Kaseres, Fornals, CHukvueze, Kasorla (Raba, 88), Moreno (Toko-Ekambi, 79).
Ogohlantirishlar: Ruis (11), Langle (18), Alvaro Gonsales (26), Alba (69), Fornals (90), Pedrasa (90).
Fikrlar