22 jan 09:37
Yangiliklar

La Liga. “Barselona” mehmonda yirik hisobda g'alaba qozondi
O'yinda mehmonlar foydasiga 5:0 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda Lionel Messi va Luis Suares dubl muallifiga aylanishdi. Hisob ochilishiga sabab bo'lgan gol esa Ivan Rakitich hisobiga yozildi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Barselona" eng yaqin taqibchisi "Atletiko"dan 11, uchinchi o'rindagi "Valensiya"dan 14, zaxirasida bitta o'yin bo'lgan "Real"dan esa 19 ochkoga o'zib ketdi.
Betis – Barselona 0:5 (0:0, 0:5)
“Benito Vilyamarin” stadioni
Gollar: 0:1 – 59 Rakitich, 0:2 – 64 Messi, 0:3 – 69 Suares, 0:4 – 80 Messi, 0:5 – 89 Suares.
Betis – Adan, Garsiya (Budebuz, 77), Mandi, Feddal, Gerrero, Fabian Ruis (Kamarasa, 88), Guardado, Durmisi, Sanches, Leon (Ruben Kastro, 73), Telo.
Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Pike, Vermalen (Umtiti, 43), Alba, Serji Roberto, Buskets (Deulofeu, 81), Rakitich, Andre Gomesh (Paulino, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (21), Durmisi (51), Suares (67), Feddal (67).
Fikrlar