23 dek 08:54
Yangiliklar
Futbol

La Liga. "Barselona" "Selta"ni mag'lub etdi
Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasidagi "Barselona" - "Selta" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Kamp Nou" stadionida deyarli 79 000 muxlis ko'z o'ngida o'tgan o'yinda kataloniyaliklar 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishishdi. Usmon Dembele hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Lionel Messi g'alabani mustahkamladi.
Barselona – Selta 2:0
«Kamp Nou» stadioni
Gollar: 1:0 – 10 Dembele, 2:0 – 45 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Rakitich, Buskets (Alenya, 86), Vidal (Artur, 63), Dembele (Koutino, 68), Messi, Suares.
Selta – Blanko, Arauxo, Mazan, Malo, Kostas, Brais Mendes, Yokushlu (Lobotka, 46), Xosabed, Bufal (Sisto, 76), Aspas (Beltran, 52), Maksi Gomes.
Ogohlantirish: Aspas (45).
Havola :
Fikrlar