16 apr 06:21
Yangiliklar
Futbol

La Liga. Benzema "Real"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi
Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuvda "Real" mehmonda "Leganes"ni enga olmadi.
Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Silva maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limning oltinchi daqiqasida esa Karim Benzema muvozanatni tikladi. Bu hisob o'yin oxirigacha boshqa o'zgarmadi.
Leganes – Real Madrid 1;1
«Butarke» stadioni
Gollar: 1:0 – 45 Silva, 1:1 – 51 Benzema.
Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Siovas, Nom, Silva, Mikel Vesga (Resio, 85), Peres, Eraso (El-Jar, 71), Omeruo, Karrilo (En-Nesiri, 65), Breytueyt.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Kazemiro, Modrich, Isko (Vaskes, 77), Valverde, Asensio (Beyl, 81), Benzema.
Havola :
Fikrlar