02 apr 10:14
Yangiliklar
Futbol

La Liga. Gameyroning goli “Atletiko”ga g'alaba keltirdi
Ispaniya La Ligasining 30-turida “Atletiko” o'z uyida “Deportivo” bilan kuch sinashdi.
“Vanda Metropolitano” stadionida kechgan bahsda yagona gol o'yin taqdirini hal qildi. 34- daqiqada mehmonlar darvozasiga belgilangan penaltini madridliklarning francuz hujumchisi Kevin Gameyro aniq amalga oshirdi.
30-turdan keyin “Atletiko” 67 ochko jamg'arib La Liga turnir jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. “Deportivo” esa 20 ochko bilan so'nggi pog'onani egallab turibdi. CHempionatda esa 76 ochko bilan “Barselona” peshqadamlik qilmoqda.
Havola :
Fikrlar