12 iyu 07:44
Yangiliklar
Futbol

La Liga qaytdi! Ilk o'yinda "Betis" "Sevilya" qarshisida ojiz qoldi
Ispaniya chempionati bahslari ham korovirus pandemiyasi tufayli mart oyida to'xtatilgandi.
Uzoq davom etgan pauzadan keyin Pireney yarim oroliga futbol nafasi kirib bordi. Kecha oqshom La Liganing 28-turi doirasida "Sevilya" va "Real Betis" klublari o'zaro to'qnash keldi. "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida o'tkazilgan o'yinda mezbonlarning qo'li baland keldi.
Uchrashuvda hisobni 56-daqiqada Luks Okampos (penaltidan) ochgan bo'lsa, oradan 6 daqiqa o'tganidan keyin "Sevilya" yarim himoyachisi Fernando 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmadi.
Bu g'alabadan keyin Xulen Lopetegi shogirdalri hisobidagi ochkolar soni 50taga etib, musobaqa jadvalining 3-pog'onasiga yaxshilab joylashib oldi. "Betis" esa 33 ochko bilan (hozircha) 12-o'rinda turibdi.
Havola :
Fikrlar