17 fev 06:51
Yangiliklar
![](/upload/storage/106084_220.jpg)
La Liga. "Real" o'z uyida autsayderni mag'lub qilolmadi
Mazkur turda Vigoning "Selta" klubi Madridda mehmon bo'ldi. Uchrashuvda Fyodor Smolov hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim avvalida esa "Qirollik klubi" Toni Kroos va Serxio Ramosning (penalti) gollari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Uchrashuv yakunida Santi Mina tomonidan urilgan gol bahsning yakuniy natijasini shakllantirdi - 2:2.
Real Madrid – Selta 2:2
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 0:1 – 7 Smolov, 1:1 – 52 Kroos, 2:1 – 65, penalti Ramos, 2:2 – 85 Santi Mina.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Marselo, Ramos, Kazemiro, Valverde, Azar (Vinisius Junior, 73), Kroos (Modrich, 81), Beyl (Mendi, 84), Benzema.
Selta – Ruben Blanko, Olasa, Arauxo, Aydu, Vaskes (Sisto, 55), Yokushlu, Rafinya, Bradarich (Santi Mina, 83), Murilo, Smolov (Denis Suares, 70), Aspas.
Ogohlantirishlar: Olasa (57), Beyl (72), Karvaxal (74), Yokushlu (76).
Fikrlar