So’nggi yangiliklar

15:21Билол Муҳаммад: "Ян Фигерейдуни осонлик билан мағлуб этади" 0 15:00"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти 0 14:51Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турниридан ОНЛАЙН 0 14:38Париж-2024 чемпиони проф боксга ўтишини эълон қилди 0 14:15Ҳумоюн Султонов Калабурагида бош соврин учун кортга чиқади 0 13:54Prezident Kubogi. Бугун 3-турда ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0 13:33Аморим "МЮ"да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди 0 13:12Петр Ян Дэйвисон Фигейредога қарши! Бугун UFC Макао турнири ўтказилади (Барча тафсилотлар) 0 12:51Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 12:30Octagon 66 турнирида жанг қилган беш нафар ҳамюртимиз қандай натижа қайд этди? 0 12:09Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 11:48Ёш стол теннисчиларимиз Жаҳон чемпионатида АҚШни мағлуб этишди 0 11:27Prezident Kubogi. Нодирбекда яна ғалаба, Ниғматов шов-шувли тарзда Парҳам Мақсудлуни ютди 0 11:06Шоҳжаҳон Эргашев янги йил олди Японияда жанг қилиши мумкин 0 10:45ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3 та гол урди 0

21 noy 09:45
Yangiliklar

SHaxmat

Lagno jahon toji uchun yaqin, uni bundan bitta g'alaba ajratib turibdi

Teglar :  SHaxmatLagnoRossiya
Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasida nokaut tizimidagi jahon chempionati o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Jahon chempionatining sovrin jamg'armasi 450 000 AQSH dollarini tashkil qiladi va g'olib shaxmatchi 60 000 dollarga ega bo'ladi. Bugun jahon chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida uchinchi partiya o'ynaladi. Amaldagi jahon chempioni xitoylik Ju Ven Jun bugungi partiya oldidan rossiyalik Katerina Lagnoga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy bermoqda. 

Finalning ilk partiyasida durang natija qayd etilgandi. Kecha Lagno oq donalarda harakat qildi va 59-yurishdan keyinoq amaldagi jahon chempionini mag'lub etdi. Bugun uchinchi partiya o'ynaladi. Agar bugun ham Katerina g'alaba qozonsa, muddatidan avval jahon chempioniga aylanadi. 

Final uchrashuvi to'rtta partiyadan iborat bo'lib, jahon chempionligi uchun kamida ikki yarim ochko jamg'arish kerak bo'ladi. Agar 4ta partiyadan keyin hisob 2:2 ko'rinishiga kelib qolsa, u holda jahon toji sohibasini hal qiluvchi tay-brek aniqlab beradi. 

Eslatib o'tamiz, amaldagi jahon chempioni chorak finalda yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz Gulruhbegim Tohirjonovani qiyinchilik bilan tay-brekda 1,5:0,5 hisobida taslim eta olgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing