19 iyu 17:55
Yangiliklar
Futbol
Lamdan so'ng "Bavariya"da endi kim sardor bo'ladi?
"Bavariya" faoliyatini yakunlagan Filipp Lam o'rniga jamoaning yangi sardorini tayinladi.
Nemis grandi boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummeniggening malum qilishicha, sardorlik bog'ichi posbon Manuel Noyerga o'tadi.
"Birinchi raqam birinchi bo'lib qoladi - bu Manuel Noyer. Uni jamoadagilar qattiq hurmat qilishadi va Noyer Lamdan sardorlik bog'ichini qabul qilib oladi. U milliy jamoada katta o'sishga erishdi" - deydi Rummenige.
Noyer Germaniya terma jamoasida ham sardor hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar